Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
📌 Investitsiya loyihasi va tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

Keyingi manzilda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda o‘zi saylangan “Shamchiroq” MFY 11-Aqsungul saylov okrugi hududida Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№O‘RQ-598, Qabul qilingan sana 25.12.2019) ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.

🏪 O‘rganish davomida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan “Taxiatosh Jayxun” savdo markazi ko‘zdan kechirildi.

💼 Mazkur savdo markazida maishiy texnika mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan loyiha tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan investitsiya kiritish orqali amalga oshirilgani qayd etildi.

💬 Tashrif davomida tadbirkorning faoliyatini yanada rivojlantirish, savdo hajmini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

🤝 Faoliyatni kengaytirish maqsadida hokim yordamchisi tomonidan imtiyozli kredit olish, shuningdek, huquqiy va amaliy masalalarda ko‘mak ko‘rsatish taklif etildi. Tadbirkor tomonidan mazkur takliflar ma’qullandi.

📈 Mahallalarda investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash — tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2