Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” kasb etayotgan “Qarsoqli” mahallasida bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda

Mazkur mahalla O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentabrdagi PQ-298-son qarori asosida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahallalar ro‘yxatiga kiritilgan. Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida mahallada keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida:
🔹 7 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash;
🔹 1 kilometr piyodalar yo‘lagini barpo etish;
🔹 24 dona zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
🔹 elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 150 dona beton ustun o‘rnatish;
🔹 6 kilometr yopiq elektr kabel tarmog‘ini tortish;
🔹 ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 kilometr ichimlik suvi tarmog‘ini barpo etish rejalashtirilgan.
Ayni paytda tasdiqlangan reja asosida ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, 0,7 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortib bo‘lindi. Shuningdek, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash yuzasidan yangi beton ustunlar o‘rnatilmoqda hamda mahalla ichki ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar, avvalo, aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va hududni zamonaviy qiyofaga keltirishga qaratilgan.
“Qarsoqli” mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yakuniga yetkazilishi natijasida hudud infratuzilmasi yanada yaxshilanib, aholiga qulay va munosib yashash sharoitlari yaratiladi.

Slide 1 of 3