Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
“OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA “YANGI ZAMON” MAHALLASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “OBODONLIK VA MEHR-SAXOVAT OYLIGI” DOIRASIDA “YANGI ZAMON” MAHALLASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev hamda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Firuza Muxitdinova “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Mirobod tumanidagi “Yangi zamon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, mahalla ko‘chalarining ozodaligi, sanitariya-tozalik va obodonlashtirish holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.

📍 O‘rganish davomida mahallaning Yangi zamon, 1-tor Yangi zamon, Hamroz 1-tor, Banokatiy, 1-tor Sariko‘l, Sariko‘l, Eski Sariko‘l hamda Quddus ko‘chalari birma-bir ko‘zdan kechirilib, hududlarni ozoda saqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Jarayonda Yangi zamon va 1-tor Yangi zamon ko‘chalari ko‘chaboshilari Nasriy Ganjaliy va A. Beknazarova, Hamroz 1-tor ko‘chasi bo‘yicha ko‘chaboshi va domkom Ra’no Raximova, Banokatiy ko‘chasi bo‘yicha ko‘chaboshi Madamin Ahmadjonov, 1-tor Sariko‘l, Sariko‘l va Eski Sariko‘l ko‘chalari bo‘yicha ko‘chaboshi hamda domkomlar Mastura Sarikova va Flora Faytullayeva, Quddus ko‘chasi bo‘yicha ko‘chaboshi Abdurahmon Talipov bilan hududlardagi mavjud holat yuzasidan fikr almashildi.

🔎 “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida olib borilgan o‘rganishda mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mahalla ichki ko‘chalari holati, tungi yoritish tizimi, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarning tozaligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholiga qulay va obod yashash muhitini yaratish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

📝 O‘rganish yakunida ko‘chaboshilar, domkomlar va mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mahalla va ko‘chalardagi mavjud muammolar, aholining taklif hamda murojaatlari tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Deputat Toshpo‘lat Matibayev hududdagi masalalarni joyida o‘rganish, aholi bilan bevosita muloqot qilish hamda ko‘tarilgan muammolarning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan ekanini ta’kidladi.

🌳 “Obodonlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi bunday o‘rganishlar mahallalarda ozoda, obod va farovon muhit yaratishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5