Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII chaqiriq, 29-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-son qarori bilan tasdiqlangan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining tumandagi ijrosi yuzasidan masala ko‘rib chiqildi.

#Kengash_sessiyalariga_oid

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining VII chaqiriq, 29-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-son qarori bilan tasdiqlangan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining tumandagi ijrosi yuzasidan masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholini ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish hamda imtiyozli kredit, ssuda va subsidiyalar ajratish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Yilning yanvar-iyun oylarida 2 293 ta oila va 9 025 nafar aholi turli xizmatlar bilan qamrab olinib, 954 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgani qayd etildi.

Muhokamalar yakunida PQ-405-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan axborot qoniqarli deb topilib, tegishli Kengash qarori tasdiqlandi.

Qaror bilan kambag‘al oilalar bilan individual ishlashni kuchaytirish, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda faol nuroniylar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1