Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qaroriga 5-ilova bilan tasdiqlangan “Xorazm viloyatida 115 ta “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi loyihalarni zarur infratuzilma bilan ta’minlash uchun 2026-yilda davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha manzilli dastur” asosida Shovot tumanidagi Qirg‘oqbo‘yi mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, mahallaning Inoq hovli, Qirg‘oqbo‘yi, Qoriniyoziy hamda Sh.Rashidov ko‘chalarining jami 2,5 kilometr qismi Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan asfaltlashtirilmoqda.
Mazkur ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Ruzmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.
🚧 Nazorat jarayonida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi va asfaltlashtirish ishlarining borishi, ish sifati hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi holati o‘rganildi.
📈 Loyihaning amalga oshirilishi natijasida mazkur ko‘chalarda 14 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etilishi hamda 22 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha nafaqat mahalla infratuzilmasini yaxshilash, balki tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
✅ Mazkur loyihalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 6