Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
Deputatlik tashabbusi doirasidagi loyiha ijrosi nazorat qilindi

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi "Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-264-son qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab deputatlik tashabbusi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish amaliyoti joriy etildi.

❗️Tashabbusli budjetning 2026-yil birinchi mavsumi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Olga Litvinova tashabbusi bilan Yashnobod tumanidagi "Mumtoz" mahallasi hududini obodonlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.

🔰 Loyiha doirasida mahalla hududida zamonaviy jamoat dam olish maskani barpo etish, piyodalar alleyasini tashkil etish, Work Out sport maydonchasini barpo etish, sug‘orish tizimini qurish, tashqi yoritish tarmoqlarini o‘rnatish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, o‘rindiqlar hamda chiqindi qutilarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Olga Litvinova hamda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov loyiha amalga oshirilayotgan hududga tashrif buyurib, qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi.

🔰 Tashrif davomida "Mumtoz" mahallasi raisi D.A. Tursimatova hamda pudratchi tashkilot vakillari tomonidan loyiha ijrosi, bajarilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, qurilishning joriy bosqichi hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan ma'lumot berildi.

🔰 Tashrif chog‘ida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, tasdiqlangan loyiha asosida ishlarning olib borilishi hamda loyiha doirasidagi tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan deputatlik va parlament nazorati izchil davom ettirilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 1