Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
#deputat nazorati


MAHALLA INFRATUZILMASI VA AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMOLAR DEPUTAT NAZORATIDA

Nurafshon shahar Xurriyat mahallasida hududiy infratuzilmani yaxshilash hamda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida navbatdagi deputatlik ko‘rigi o‘tkazildi.
Mazkur hudud deputati 16-Chig‘iriq saylov okrugidan saylangan deputat S.Niyozov nomidan Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev, kotibiyat bosh mutaxassislar ishtirokida hududdagi mavjud holat atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida:
🛣Ichki ko‘chalardagi ta’mirtalab yo‘llarni asfaltlash va tekislash masalalari;
🏗Hududni ko‘kalamzorlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda aholiga munosib turmush sharoitini yaratish;
💧Mahalladagi ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ma’nan va jismonan eskirgan oqova suv (kanalizatsiya) quvurlarini almashtirish hamda ta’mirlash ehtiyojlari.
Eslatib o‘tamiz: O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ularni hududiy dasturlarga kiritish hamda mutasaddi tashkilotlarga tegishli deputatlik so‘rovlari yuborilishi ta’minlanadi.
Aholi farovonligi va mahalla obodligi yo‘lidagi amaliy ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 2