Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan tumanning “Daxana” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim J.Nurmetovning ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔻Deputat ijtimoiy xodim bilan birgalikda “mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida bir qator xonadonlarga tashrif buyurib, fuqarolarning yashash sharoitlari, kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolarini o‘rgandi. Tashriflar davomida yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, parvarishga muhtoj fuqarolar hamda turli sabablarga ko‘ra ijtimoiy ko‘makka ehtiyoj sezayotgan oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati ko‘rib chiqildi.

🔻Xususan, fuqarolarga ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish, zarur holatlarda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish, ijtimoiy nafaqa va yordamlardan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berish kabi ishlar qay darajada amalga oshirilayotgani tahlil qilindi.

🔻O‘rganish yakunida ijtimoiy xodimga aholi bilan ishlashda xonadonbay yondashuvni yanada kuchaytirish, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarni e’tibordan chetda qoldirmaslik, ularning muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4