Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
“Universitet” mahallasida aholi murojaati amaliy yechim topmoqda

“Universitet” mahallasida aholi murojaati amaliy yechim topmoqda

✨ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Anvarxon Aminovga “Universitet” mahallasi, Orzu ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar oldida qurilish chiqindilari hamda kesilgan daraxt shoxlari to‘planib qolgani yuzasidan aholidan murojaat kelib tushdi.

🗣 Murojaatda hududdagi chiqindilarni olib chiqib ketish va atrof-muhitni obodonlashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

📌 Murojaat yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilib, mahalla hududini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

🔹 Hududlar obodonlashtirilmoqda. Ko‘p qavatli uylar atrofi qurilish chiqindilari, qurigan shox-shabbalar va boshqa chiqindilardan tozalanmoqda.
🔹 Bolalar maydonchalari tartibga keltirilmoqda. Bolajonlar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish maqsadida o‘yin qurilmalari hamda maydonchalardagi mavjud jihozlar ta’mirlanib, bo‘yoqlanmoqda.
🔹 Infratuzilma va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Elektr va transformator punktlari atrofi tartibga keltirilib, yashil hududlar hamda daraxtlarga zarur parvarish ishlari amalga oshirilmoqda.

🌿 Bunday amaliy ishlar mahalla hududining sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va ozoda muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

🤝 Aholi murojaatlari — deputat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri. Har bir murojaatni o‘rganish va imkon qadar amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

⚡️Mahalla hududini obod va fayzli maskanga aylantirishda faol ishtirok etayotgan ishchi-xizmatchilar hamda tashabbuskor va kuyunchak mahalla ahliga minnatdorchilik bildiramiz!

Slide 1 of 8