Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Bolalar salomatligi va sogʻlom ovqatlanishi — deputatlar nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Bolalar salomatligi va sogʻlom ovqatlanishi — deputatlar nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “3-Charag‘on” saylov okrugidan saylangan deputati M.Zaripova hamda “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputati N.Chorshanbiyeva tumanda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning sog‘lom va sifatli ovqatlanishini ta’minlash holatini birgalikda o‘rgandilar.
Manzilli oʻrganishlar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi «Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 1-son qarori, shuningdek, amaldagi sanitariya qoidalari va me'yorlariga rioya etilishiga alohida e'tibor qaratildi.
Jumladan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taomlarning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, ularning yaroqlilik muddatlari, oshxona va ovqatlanish xonalarining sanitariya-gigiena holati, shuningdek, bolalarning yoshi va fiziologik ehtiyojlariga mos ravishda ovqatlantirilishi holati koʻrib chiqildi.
Oʻrganish jarayonida bolalar rasionida sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish, taomnomalarning belgilangan me'yorlarga muvofiq tuzilishi hamda ovqat tayyorlash jarayonida sanitariya talablariga qat'iy amal qilinishi yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bolalarning sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishini yanada yaxshilash hamda sogʻlom ovqatlanish talablariga rioya etilishini doimiy nazoratga olish boʻyicha mas'ullarga vazifalar belgilab berildi.
Bolalar salomatligi, ularning to'g'ri va sog'lom ovqatlanishi hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xavfsiz muhitni ta'minlash masalalari deputatlar tomonidan doimiy nazoratda boʻladi.
Slide 1 of 3