Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
Murojaatlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✔️ Murojaatlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🌀Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 26-Xalqobod saylov okrugi hududidan kelib tushgan fuqarolar murojaatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️Unda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishtixon tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari v.b. X.Xazratqulov, tuman hokimligi hamda tegishli tashkilot va muassasalar mas’ullari ishtirok etdi.

📌O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar bevosita joylarda ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Murojaatlarda qayd etilgan masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

⚡️Ta’kidlanganidek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish xalq deputatlari Kengashlari hamda mutasaddi tashkilotlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

🇺🇿O‘rganish yakunlari bo‘yicha ko‘tarilgan masalalarning ijrosi nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 2