Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Umid Ruziyev 2026-yilning II choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining deputati Umid Ruziyev tomonidan "Shohsanam" mahallasida saylovchilar uchrashuvi o‘tkazildi. Unda mahalla faollari, "mahalla yettiligi" va fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning II choragi mobaynida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi. Xususan, saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotlar o‘tkazilgani, aholi murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olingani ta’kidlandi.

📁 Shuningdek, deputat ikkinchi chorak davomida tuman Kengashi sessiyalari va doimiy komissiyalar faoliyatida ishtirok etib, aholi bandligi, ijtimoiy himoya, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan qabul qilingan qarorlar ijrosida faol qatnashganini qayd etdi.

🔎 Axborot davomida saylov okrugida amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, tashqi yoritish, obodonlashtirish hamda mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

💬 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan birgalikda muhokamalar o‘tkazish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Uchrashuv yakunida deputat Umid Ruziyev aholi bilan ochiq va muntazam muloqotni davom ettirish, ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish hamda ularning ijrosini doimiy deputatlik nazoratida olib borish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Slide 1 of 1