🏘 “MAHALLA YETTILIGI — KENGASH — SENAT”: HAMKORLIKDA NATIJADORLIK SARI
🏘 “MAHALLA YETTILIGI — KENGASH — SENAT”: HAMKORLIKDA NATIJADORLIK SARI
📜 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini samarali hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari hamda senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan.
🤝 Mazkur qarorning asosiy mazmun-mohiyati — mahalladagi muammolarni joyida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va bu jarayon ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.
🔎 Deputat mahallaga boradi — muammoni o‘rganadi — mas’ullar bilan birgalikda yechim izlaydi — natijasini nazorat qiladi.
📌 Qaror doirasida: 🏘 “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aniqlanadi va ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi; 👥 Aholi bilan bevosita muloqot qilinib, fuqarolarning murojaatlari va takliflari joyida o‘rganiladi; 📊 Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati kuchaytiriladi;
⚖️ Mahalla darajasida hal etish imkoniyati bo‘lmagan masalalar tegishli darajaga olib chiqilib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.
🔗 Shu tariqa “mahalla yettiligi — mahalliy Kengash — Senat” o‘rtasidagi hamkorlik aholi muammolarini quyi bo‘g‘inning o‘zida aniqlash, mas’ullarni birlashtirish va muammoni natijagacha kuzatib borishga xizmat qiladi.
📍 Qarorning bosh maqsadi — mahalladagi har bir muammoni eshitish emas, balki uni aniqlash, yechimga yo‘naltirish va natijasini nazorat qilish orqali aholi manfaatini ta’minlashdir.