Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA: O‘TKIR MAHALLASIDAGI PIYODALAR YO‘LAGI TA’MIRLANMOQDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputatlik_guruhlari

MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA: O‘TKIR MAHALLASIDAGI PIYODALAR YO‘LAGI TA’MIRLANMOQDA

🇺🇿 O'zbekiston "Adolat" SDPning xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi deputatlik guruhi a'zolari Ibrohimjon Abdullayev hamda Anvar Usmanovlar tomonidan O‘tkir mahallasida aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma muammosining yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🏢 Xususan, mahalladagi 28 ta ko‘p qavatli uy orqa tomonidagi piyodalar yo‘lagi, shuningdek, ikki ko‘p qavatli uy oralig‘idan Katta halqa avtomobil yo‘liga chiqadigan yo‘lga asfalt yotqizish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🕯 Mazkur masala bundan bir oy avval deputat tomonidan o‘rganilib, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar qatorida qayd etilgan edi. Bugungi o‘rganish davomida ushbu murojaat amaliy yechim topayotgani, hududda asfalt yotqizish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

🗂 Ta’kidlash joizki, mazkur obodonlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori bilan belgilangan mahallalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilmoqda.

📈 Hududdagi ishlarning sifati va belgilangan vazifalarning to‘liq bajarilishi tuman Kengashi deputatlari nazoratida ekani ta’kidlandi. Aholi uchun qulay va xavfsiz piyodalar yo‘laklarini yaratish, ichki yo‘llarni obodonlashtirish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 5