Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 26-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
Ta’lim sohasida deputatlik nazorati: Qonunlar ijrosi e’tiborda
🟢Termiz shahrida deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini tizimli tahlil qilish, qonun hujjatlari va hukumat qarorlarining joylardagi ijrosini nazorat qilish, shuningdek, ta’lim sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

⏺Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamadhukurov ishtirokida Termiz shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining bugungi kundagi faoliyati yuzasidan bo‘lim boshlig‘i Sh.Kuvataliyev bilan tegishli qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan savolnoma bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.

💬Suhbat va tahlil jarayonida ta’lim sohasiga oid quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi holatiga alohida e’tibor qaratildi:

🟢O‘RQ–595-sonli Qonun — “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun;

🟢O‘RQ–637-sonli Qonun — “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun;

🟢O‘RQ–901-sonli Qonun — “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun;

🟢VM–140-sonli qaror — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori.

💬Tahlil davomida mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, ta’lim tizimida mavjud masalalar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda ta’lim sifatini yanada oshirish imkoniyatlari yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi.

🫥Bunday nazorat-tahlil tadbirlari deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qonun hujjatlarining joylardagi ijrosini ta’minlash, aniqlangan masalalarga o‘z vaqtida yechim topish hamda fuqarolarning ta’lim sohasidagi huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.