35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Mahalliy Kengashlar Reglamenti

Mahalliy Kengashlar Reglamenti — xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatini tashkil etuvchi asosiy ichki normativ hujjat bo‘lib, Kengashning vakolatlarini amalga oshirish, ish yuritish tartibi hamda faoliyatini qonuniy, shaffof va samarali tashkil etishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Reglamentda Kengash sessiyalarini chaqirish va o‘tkazish tartibi, sessiya kun tartibini shakllantirish, masalalarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish, qarorlar qabul qilish, ovoz berish tartibi, qabul qilingan qarorlarni rasmiylashtirish va e’lon qilish bilan bog‘liq barcha jarayonlar batafsil belgilab qo‘yiladi.

Shuningdek, Reglamentda deputatlarning huquq va majburiyatlari, deputatlik so‘rovi yuborish, deputatlik nazoratini amalga oshirish, fuqarolar bilan ishlash, saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi ham o‘z aksini topadi.

Reglament Kengashning doimiy komissiyalari, vaqtinchalik komissiyalar va ishchi guruhlarning faoliyatini tashkil etish, ularning vakolatlari, majlislarini o‘tkazish, xulosalar va tavsiyalar tayyorlash hamda sessiyaga masalalarni kiritish tartibini ham belgilaydi.

Bundan tashqari, Reglamentda Kengash raisi, uning kotibiyati, deputatlar, doimiy komissiyalar hamda boshqa mas'ul subyektlar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlari, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomi, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish va axborot almashish tartiblari ham nazarda tutiladi.

Mahalliy Kengashlar Reglamentiga rioya etilishi Kengash faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, deputatlarning vakolatlarini samarali amalga oshirish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qarorlarni qonuniy asosda qabul qilishning muhim omili hisoblanadi.