35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudoyqulova Nargiza G‘aybullayevna, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi raisi Jo‘rabek Hamroyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 31-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlari holatini o‘rgandilar.

Tashrif davomida maktabgacha ta'lim tashkiloti hududining umumiy holati, tozalik darajasi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari, yashil hududlarni parvarishlash hamda qurigan daraxt shoxlarining mavjud yoki mavjud emasligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida hududda obodonlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish, atrof-muhit ozodaligini ta'minlash hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berilib, hududlarni doimiy ravishda ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini davom ettirish hamda sanitariya talablariga qat'iy rioya qilish zarurligi ta'kidlandi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida obodonlashtirish va tozalik holatini o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tarbiyalanuvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4