Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Oshiq ota ziyoratgohida hashar tashkil etildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Eliboyev tashabbusi bilan Oshiq ota ziyoratgohi hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari bo‘yicha hashar tashkil etildi.

Hashar davomida ziyoratgoh atrofi chiqindilardan tozalanib, hudud tartibga keltirildi, yashil maydonlar parvarish qilindi hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tadbirda mahalla faollari, yoshlar va nuroniylar faol ishtirok etib, muqaddas maskanlarning ozoda va fayzli bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdilar.

Bunday ezgu tashabbuslar aholi o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, muqaddas qadamjolarga e’tiborni kuchaytirish hamda yurtimiz obodligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga keng jamoatchilikni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3