Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat faoliyati

Muzrabotda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

📌 OʼzLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi hamda “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Muzrabot tumanida faol, tashabbuskor va tadbirkor xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan “Ishbilarmon ayol” koʼrik-tanlovi boʼlib oʼtdi.

✅ Tadbirda O‘zLiDeP Ayollarning muammolarini oʼrganish va ishbilarmonligini qo‘llab-quvvatlash viloyat bo‘limi mudiri Shoxista Allamurodova, tuman hokimi maslahatchisi, partiya faoli Fotima Normamatova, O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” hamda Muzrabot tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limining mahallalardagi xotin-qizlar faollari, viloyat Kengashi deputati Eshqobil Sobirov, Muzrabot tumani Kengashi deputatlari Dilmurod Sherboyev, Mazluma Kenjayeva va tuman Kengashi apparat rahbari Shuhrat Abilov hamda tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar ishtirok etishdi.

🏆 Tanlov yakuniga ko‘ra:

🥉 3-o‘rin —"Yangi diyor" MFYdan YaTT rahbari Amanova Olmaxonga nasib qildi. Faoliyati: milliy liboslar tikish va qadimiy gilamlar to‘qish;

🥈 2-o‘rin — tadbirkor "Nurli Hayot" MFYdan Jo‘rayeva Shaxnozaga nasib qildi. Faoliyati: zamonaviy tikuvchilik dizayni;

🥇 1-o‘rin — tadbirkor "Gulobod" MFYdan "Mastona Exson" oilaviy korxonasi rahbari Qurbonova Mastonaga nasib etdi.

📋 G‘olib va sovrindorlar Tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 8