Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Tuychiyeva tomonidan Chimboy MFY xotin-qizlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Muloqot davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda mavjud muammolarni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Davra suhbati ochiq va samimiy ruhda o‘tib, xotin-qizlarni qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 1