Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Gulzoda Xudoyarova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Husan To‘rayev tomonidan tuman Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Zarbdor tuman bo‘limida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘RQ-938-sonli Qonun ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida tumanda yoshga doir pensiya oluvchilar soni 7913 nafar, nogironlik pensiyasi oluvchilar 984 nafar hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilar 910 nafarni tashkil etishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxslar oilalariga pensiya tayinlash holati yuzasidan 1 nafar fuqaroga pensiya to‘lanib kelayotgani qayd etildi.