Sharq yulduzi mahallasida nuroniylar, jamoatchilik faollari hamda yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat Maxfuza Isroilova olib bordi.
Shuningdek, uchrashuvda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 20-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat Zokir Mullajonov ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-415-son, 2016-yil 26-dekabr)ning mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi.
Shuningdek, fuqarolarga ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash hamda keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.