Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Adirobod saylov okrugidan saylangan deputat S.Keldibekova tomonidan Adirobod mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish maqsadida imtiyozli kredit ajratilgan fuqarolarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Jumladan, imtiyozli kredit asosida parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqaro xonadoniga tashrif buyurilib, amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan daromad manbai hamda faoliyat samaradorligi o‘rganildi.