🏛 Deputat nazoratida: Nezoxos mahallasida mahalla yettiligi faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati G. Abdullaeva tomonidan Nezoxos mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan tahliliy suhbat o‘tkazildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muhit, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, profilaktika tadbirlarining natijadorligi hamda hududdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblangan kiberxavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarni internet tarmoqlaridagi firibgarlik va noqonuniy axborot tahdidlaridan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari ham ko‘rib chiqildi.