Tumanda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik va o‘rganishlar natijasida yordamga muhtoj 29 nafar bemor ro‘yxati shakllantirildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati X.Abduvoxidov boshchiligida dastlabki bosqichda 5 nafar bolaga jarrohlik amaliyoti xarajatlarini 100 foiz qoplab berishni nazarda tutuvchi maxsus vaucherlar topshirildi.
Mazkur ezgu tashabbuslar orqali ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini tiklash hamda oilalariga yengillik yaratish maqsad qilingan.