🎉 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak!
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi nomidan yurtimizning barcha bolajonlarini Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy tabriklaymiz.
Yosh avlodning har tomonlama barkamol, bilimli, vatanparvar va zamonaviy dunyoqarashga ega insonlar bo‘lib voyaga yetishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Mamlakatimizda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sifatli ta’lim-tarbiya olishi, sog‘lom va baxtli hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Farzandlarimizning yutuqlari va muvaffaqiyatlari Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori hisoblanadi. Shu muborak kunda barcha bolajonlarga sihat-salomatlik, quvonchli bolalik, ulkan orzu va maqsadlar sari dadil qadam tashlashlarini tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!