Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasi hokim yordamchisining faoliyati atroflicha o‘rganildi.

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasi hokim yordamchisining faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilganligi aniqlandi.

Xususan:Bandlikni ta’minlash: Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan 4 nafar xotin-qiz hududdagi “Mitti Imonaxonim” maktabgacha ta’lim tashkilotiga doimiy ishga joylashtirildi.
Kasb-hunarga o‘qitish: Kambag‘allik reyestrida turuvchi 3 nafar xotin-qiz hozirgi kunda zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitilmoqda.
Moliyaviy ko‘mak: Reyestrdagi 11 nafar fuqaroga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun imtiyozli kreditlar ajratilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Legallashtirish va o‘zini o‘zi band qilish: 21 nafar fuqaroning mehnat faoliyati legallashtirilib, ular o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha turli yo‘nalishlarda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olindi.

Tizimli chora-tadbirlar natijasida bugungi kunda Qirqovul mahallasida kambag‘allik darajasi 1,4 foizni, ishsizlik darajasi esa 0,4 foizni tashkil etmoqda. Hozirda mahalladagi kambag‘allik reyestrida 14 ta oila qolgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2