Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati R.Jo‘rayeva hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi H.Pardayevlar tomonidan shahar 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-son “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi asosida sport zali holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida sport zallarining moddiy-texnik bazasi, mavjud sport jihozlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish holati ko‘zdan kechirildi.

📊Jumladan:

➡️sport zalining foydalanishga yaroqliligi;
➡️ sport jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi;
➡️ o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar;
➡️ xavfsizlik va sanitariya talablari;
➡️ jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, sport zali infratuzilmasini yanada yaxshilash, zarur sport anjomlari bilan ta’minlash hamda o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish Qonun ijrosini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ta’lim muassasasida sportni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4