Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Deputat aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati N.Nishonov Cho‘lobod mahallasidagi Zarafshon ko‘chasida amalga oshirilgan asfaltlash ishlarining holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida mazkur ko‘chada yaqinda yakunlangan yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda infratuzilmaning bugungi holati ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan asfalt qoplamasining holati, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan choralar, shuningdek, ko‘cha atrofidagi obodonlashtirish ishlari atroflicha tahlil qilindi. Tashrif davomida mahalla fuqarolari bilan ham muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Aholi vakillari uzoq yillar davomida ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan ko‘chaning asfaltlashtirilgani natijasida transport harakati ancha yengillashgani, piyodalar uchun qulayliklar yaratilgani hamda hududning sanitariya va ekologik holati yaxshilanganini ta’kidladilar. Deputat fuqarolarning murojaatlari asosida ko‘chadagi ayrim qo‘shimcha masalalar, jumladan, tashqi yoritish tizimini yanada takomillashtirish, yo‘l belgilari o‘rnatish va atrof
hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha bildirilgan takliflarni ham qayd etib oldi.
Ta’kidlanganidek, aholi turmush darajasini yaxshilash, hududlarda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va fuqarolar uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘rganish yakunida deputat tomonidan aniqlangan masalalarni hal etish va aholi tomonidan bildirilgan takliflarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish yuzasidan amaliy choralar belgilandi. Zarafshon ko‘chasida amalga oshirilgan obodonlashtirish va yo‘l ta’mirlash ishlari hudud aholisi uchun yanada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga xizmat qilishi qayd etildi. 

Slide 1 of 4