Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Do‘stlik mahallasida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishida qurilish ishlari izchil davom etmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Qulliyeva Orzigul hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Xurramov Laziz tomonidan hududdagi qurilish obyektlarida navbatdagi nazorat-tahlil o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 11-sonli umumta’lim maktabi hududida barpo etilayotgan 240 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishi holati ko‘zdan kechirildi. Hozirgi kunda obyektning birinchi qavati qurilish ishlari yakunlanish arafasida ekani, belgilangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ishlar sifat va muddat talablari asosida amalga oshirilayotgani qayd etildi. Nazorat-tahlil davomida deputat qurilish jarayonining sifati, texnik talablarning bajarilishi hamda ishlarning belgilangan reja asosida davom ettirilishi yuzasidan mas’ul vakillarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, mazkur loyiha ta’lim muassasasining o‘quvchi sig‘imini kengaytirish va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qilishi deputat tomonidan ta’kidlandi.

Slide 1 of 1