Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi
янв.21
Jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi
янв.21
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi asosida sport zali holati o‘rganildi
янв.21
Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati sessiya oldi o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Bozordagi narx-navolar va mahsulotlar yetarliligi o‘rganildi
янв.21
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi Dehqon bozori qurilishi doimiy nazoratda
янв.21
“Dolzarb 90 kun” tadbiri davom etmoqda
Mahallada xotin-qizlar faoliyati deputat tomonidan tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Angor tuman Kengashi 20-Do'stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xurramov Laziz hamkorligida "Do'stlik mahallasi faoliyati o'rganildi . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PF–81-son Farmoni — “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” ijrosi doirasida Do‘stlik mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan atroflicha o‘rganildi va tahlil qilindi. O‘rganishlar davomida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda turmush darajasini yaxshilash borasida qator amaliy ishlar olib borilayotgani aniqlandi. Jumladan, 47 nafar xotin-qizlarga 1 million so‘mdan moddiy yordam mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, bu ularning ijtimoiy holatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga kiyim-kechaklar tarqatilib, ijtimoiy himoya yanada kuchaytirilmoqda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tikuv mashinalari ajratilib, ularning daromad manbaini shakllantirishga ko‘maklashilmoqda. Deputat tomonidan murojaatlar bilan ishlash tizimi ham alohida e’tiborga olinib, mahalla raisi tomonidan fuqarolarning yo‘l infratuzilmasi hamda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolari o‘rganildi. O‘rganish yakunida deputat tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1