Tuman Kengashi deputati sayyor qabul o‘tkazdi
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zXDPdan saylangan deputat H.Eshonqulov tomonidan tumandagi Qizilnavr mahallasida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish hamda ularning taklif va tashabbuslarini eshitish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
✅ Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ichimlik va oqova suvi ta’minoti, elektr energiyasi, yo‘l ta’miri va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirokida ularni hal etish choralari muhokama etilishi belgilandi.
✅ Qabul jarayonida qilingan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinib, mas’ul tashkilotlarga tegishli tartibda deputatlik so‘rovi yuborish belgilab olindi.