Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Begmatov hamda kotibiyat mudiri Q. Bobojonov tomonidan Bekobod qishloq vrachlik punkti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasada aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, shifokorlar hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Aholining tibbiy xizmatdan mamnunligini oshirish, birlamchi tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✅ Inson qadri va xalq salomatligi — ustuvor vazifa!