Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
✅ Tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi Inkabod mahallasida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
✅ O‘rganish jarayonida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbaiga yo‘naltirish, imtiyozli kreditlar ajratish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar holati ham ko‘zdan kechirildi.
✍ Ma’lumot uchun: Joriy yilning o‘tgan vaqti davomida mahlla hokim yordamchisiga 30 nafar fuqarolar tadbirkorlik qilish istagida onlayn ariza topshirgan bo‘lib, shundan 7 nafari hokim yordamchisi va 7 nafari tizim tomonidan rad etilgan, shuningdek 16 nafariga hokim yordamchisi tomonidan tavsiya berilgan.
✅ Deputatlar tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahallada tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.