Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova A.Navoiy MFYda xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida, tikuvchilik bilan shug’ullanayotgan xotin-qizlar faoliyati ko’zdan kechirildi.

2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova, МФЙ хотин қизлар фаоли tomonidan hududda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni daromadli mehnatga jalb etish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar doirasida tikuvchilik bilan shug’ullanayotgan fuqarolar faoliyati joyiga chiqib o’rganildi. Xususan, A.Navoiy MFY xotin-qizlarining tikuvchilik orqali o’z bandligini ta’minlab, oilaviy daromadini oshirayotgani va mahallada boshqalarga ham o’rnak bo’layotgani alohida ta’kidlandi.

Tashrif davomida tikuvchilik faoliyatining tashkil etilgani, ish jarayonlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi, bozorga chiqish imkoniyatlari hamda ish sharoitlari atroflicha ko’zdan kechirildi. Shu bilan birga, xotin-qizlarning o’z kasbini rivojlantirishga bo’lgan intilishi, yangi dizayn va buyurtmalar ustida ishlayotgani, mijozlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yayotgani ijobiy baholandi.

Muloqot jarayonida faoliyatni yanada kengaytirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, zamonaviy tikuv uskunalari bilan ta’minlash, mahsulot sifatini oshirish va sotuv hajmini ko’paytirish masalalari muhokama qilindi. Xotin-qizlar tomonidan bildirilgan taklif

va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko’rish

zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, tikuvchilik faoliyatini rivojlantirish orqali mahallada yanada ko’proq xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o’qitish va tadbirkorlikka jalb etish

masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali nafaqat oilaviy daromadni oshirish, balki mahalla iqtisodiy faolligini kuchaytirishga ham erishish mumkinligi ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mazkur yo’nalishni qo’llab-quvvatlash, zarur hollarda imtiyozlar va ko’mak mexanizmlaridan foydalanish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga

qo’yish orqali xotin-qizlar faoliyatini yanada rivojlantirish muhimligi bildirildi. Shu bilan birga, ushbu masala doimiy deputatlik nazoratida bo’lishi qayd etildi. 

Slide 1 of 1