Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Deputatlar Hofizrabot mahallasidagi oilaviy muzey faoliyati bilan tanishdi.

5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyeva, 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayevalar Hofizrabot mahallasida tashkil etilgan oilaviy muzey faoliyatini ko’zdan kechirdi. Tashrif davomida muzeyda yaratilgan sharoitlar, milliy qadriyatlar va tarixiy merosni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur oilaviy muzeyda xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an’analarini o’zida mujassam etgan ko’rgazmalar tashkil etilgan bo’lib, ular tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg’otmoqda. Ayniqsa, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning maketlari, milliy hunarmandchilik namunalari, qo’l mehnati asosida tayyorlangan kashtalar, turli bezakli sopol idishlar hamda qadimiy buyumlar muzeyning eng e’tiborli eksponatlari sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, muzeyda mahalliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar va milliy san’at namunalari ham namoyish etilgan. Bu esa yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning madaniy merosimizga bo’lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Deputat muzey faoliyatini yuqori baholab, bunday tashabbuslar milliy merosni asrash va kelajak avlodga yetkazishda muhim o’rin tutishini qayd etdi. Shu bilan birga, muzey faoliyatini yanada rivojlantirish, eksponatlar sonini ko’paytirish va yoshlarni keng jalb etish bo’yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

  

Slide 1 of 1