Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mirobod tumanida korrupsiyaning oldini olish va tizimda ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mirobod tumanida korrupsiyaning oldini olish va tizimda ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

🏛 Mirobod tumanida ijtimoiy soha, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔎 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi raisi topshirig‘i asosida “Korrupsiyadan xoli hudud” loyihasi doirasida tashkil etilib, unda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

👥 Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev tomonidan “Yo‘l xarita” ijrosi, maishiy korrupsiyaning oldini olish, fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berildi.

🤝 Shuningdek, tadbirda Mirobod tuman Kengashi raisi H.Qayumov, mahalla raislari, deputatlar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, davlat organlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, tizimda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha fikr almashildi.

🏥 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida “Sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyasiz sohaga aylantirish — ustuvor vazifamiz” mavzusida davra suhbati ham tashkil etildi.

🩺 Mazkur davra suhbatida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev hamda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati, 3-son shahar klinik shifoxonasi bosh shifokori G.Umarova ishtirok etdi. Tadbir davomida tibbiyot xodimlari bilan sog‘liqni saqlash tizimida korrupsion holatlarning oldini olish, sohada halollik va mas’uliyatni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

📚 Ishtirokchilarga korrupsiyaning kelib chiqish omillari, uning salbiy oqibatlari, shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tushunchalar berildi. Tadbir davomida tibbiyot sohasi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob oldilar.

📌 Yakunda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish, tibbiyot va ijtimoiy sohalarda ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida barcha manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7