Янгиликлар

Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati X. Ismatov "Yorqin" mahallasida tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha seminar tashkil etildi

Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashi deputati X. Ismatov "Yorqin" mahallasida tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha seminar tashkil etildi

⚡️Zafarobod tumani Yorqin mahallasida aholi honadonlarida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bahorgi ekinlarni o‘z vaqtida ekish hamda mo‘l hosil olishni ta’minlash maqsadida amaliy seminar tashkil etildi. Ushbu tadbir mahalla faollari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari hamda tomorqa egalari ishtirokida o‘tkazildi.

⚡️Seminar davomida tomorqa maydonlaridan unumli foydalanish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan pomidor, bodring, kartoshka, piyoz kabi bahorgi ekinlarni ekish texnologiyasi, urug‘ tanlash, sug‘orish tartibi hamda yerga ishlov berish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.                                            

Slide 1 of 4