Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati A.Bo‘tayev tomonidan “Navro‘z” mahallasi “Shirin” ko‘chasi aholisi tomonidan bildirilgan murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

Murojaatda qayd etilishicha, mazkur ko‘cha joriy yilning mart oyida asfaltlashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda yo‘lning ayrim qismlarida cho‘kish holatlari hamda chuqurliklar yuzaga kelgan. Natijada transport vositalari harakatlanishida noqulayliklar paydo bo‘layotgani ta’kidlandi.

O‘rganish davomida mavjud holat ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi hamda tegishli tavsiya va takliflar bildirilishu ma'lum qilindi.

Slide 1 of 3