Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati A.Amanlikov tomonidan “Ma’naviyat” mahallasida olib borilayotgan kanalizatsiya tarmog‘i qurilishi hamda yakuniy ulash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni, xususan, kanalizatsiya tarmog‘ini xonadonlarga ulash ishlari bilan yaqindan tanishildi. Mutasaddi tashkilot vakillari bilan suhbat davomida ishlarning borishi, sifat darajasi hamda belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari sifatli amalga oshirilishi va aholiga qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4