“Qo‘sha qarish — saodat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Qadriyat mahallasida “Qo‘sha qarish — saodat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputatlari S.O‘razmetov hamda O.Artikova ishtirok etib, yurtimizda keksalarni e’zozlash, ularning hayotiy tajribasi va duolarini qadrlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdilar.
Tadbir davomida mahalladagi nuroniy otaxon va onaxonlarga ehtirom ko‘rsatilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.