Янгиликлар

Energiya tejamkorligi — kelajak taraqqiyotining muhim omili!

Energiya tejamkorligi — kelajak taraqqiyotining muhim omili!

“Oʻzbekiston Respublikasining energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonuni energiya resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni nazarda tutadi.

Qonunga ko‘ra:

✅ Energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish rag‘batlantiriladi
✅ Energiya auditi va energetika menejmenti tizimi yo‘lga qo‘yiladi
✅ Binolar va korxonalarda energiya samaradorligi talablari kuchaytiriladi
✅ Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytiriladi
✅ Elektr, gaz va issiqlik resurslaridan oqilona foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi

Mazkur qonun energiya sarfini kamaytirish, ekologiyani asrash va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.