Янгиликлар

Bunyodkor MFYda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy yordamlar samaradorligi o‘rganildi

Bunyodkor MFYda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy yordamlar samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva Bunyodkor MFYda bo‘lib, mahalla raisi va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan tanishdi.

Tashrif davomida hududda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash jarayonlari hamda ularning daromadini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda o‘z vaqtida yetkazib berish holati tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan ish samaradorligini oshirish, ijtimoiy yordamlarni adolatli va manzilli yetkazish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4