Aholi murojaatlarining ijobiy yechim topishida, joylardagi muammolarni hal etilishida deputatlarning aholi bilan uchrashuvlari, mahalla yettiligi bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Viloyat kengashi deputati Nodira Baratova tuman tashkilotlari hamda mahallalarda bo‘lib yettilik va aholi bilan o‘tkazilgan suhbat davomida murojaatlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, tuman kengashi deputatlari bilan hamkorlikda ta’lim muassasalari faoliyati, kelgusi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlari ham o‘rganildi.