Янгиликлар

Bog‘ichinor mahallasida “Jaholatga qarshi ma'rifat” g‘oyasi asosida madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat kengashi deputati M. Yo‘ldosheva ishtirok etib, yoshlar, ayniqsa, qizlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, erta nikoh, ajrimlar va xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. 

Tadbir doirasida  oila barqarorligini ta’minlash, erta nikohlar va erta yoshdagi tug‘ruqlarning oldini olish,  qizlar tarbiyasi, xotin-qizlar jinoyatchiligi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, notinch oilalar bilan manzilli ishlash,  milliy qadriyatlarni ommalashtirish kabi masalalar keng muhokama qilindi. 

Tadbir so‘nggida  mahalla ma'muriyati tomonidan faol ayollarga  tashakkurnomalar berildi.

Slide 1 of 3