Янгиликлар

O‘quv-semenar samaradorlik uchun.

 Joriy yilning 4-7-sentabr kunlari mahalla tizimi xodimlarining malakalarini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘quv-seminarda Uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar va tuman-shaharlar bo‘lim rahbarlari,
mahalla raislari ishtirok etdi. O‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-
dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoniga ko‘ra tashkil etildi. Seminarda ishtirok etgan Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati, uyushmaning shahar bo‘limi boshlig‘i Dilshod Vahobjonov “Raqamli mahalla platformasini yanada takomillashtirish” bo‘yicha bergan taklifi uchun "Eng faol bo‘lim boshlig‘i" nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egallab, 50 mln. so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Sovrinni O‘zbekiston Mahallalar Uyushmasi raisi, siyosiy fanlar doktori, professor K,Quranboyev
tantanali topshirdi.
  

Slide 1 of 4