Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri V.Xasanov hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i U.Normaxmatov Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi murojaati asosida mahalladagi ko‘chalar holatini o‘rgandi.
Tashrif davomida ko‘chalarning holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari o‘rganilib, zarur tavsiya va
topshiriqlar berildi. Uchrashuvda mahalla faollari hamda fuqarolarning taklif va fikrlari tinglandi.