Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun – 2-sentabr kuni yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangi 2025–2026 o‘quv yili boshlandi!

🎓 Minglab o‘quvchilar maktab ostonasini xursandchilik bilan bosib o‘tdilar. Ayniqsa, 1-sinfga ilk bor qadam qo‘ygan kichkintoylarimiz uchun bu kun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Ushbu quvonchli kunda maktablarda tantanali tadbirlar tashkil etilib, o‘quvchilarga bayramona ruh bag‘ishlandi.

Tadbirda, tuman Kengashidan saylangan deputatlar ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yosh avlod tarbiyasidagi muhim vazifalar haqida so‘z yuritib, ustoz va o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida omad va zafarlar tiladilar.

Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin!

Slide 1 of 10