Янгиликлар

Yangiobod shaharcha fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri V.Хasanov Yangiobod shaharcha fuqarolar yig‘ini faollari bilan uchrashib, mahallada olib borilayotgan ishlar, shuningdek, “Tashabbusli byudjet” doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush sharoitini yanada oshirishga qaratilgan amaliy ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalliy fuqarolarning takliflari va fikr-mulohazalari tinglandi. “Tashabbusli byudjet” orqali amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi, jamoatchilik ishtirokida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3