Yurtimizda yoshlarga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotgani — bu Prezidentimiz boshchiligidagi siyosatning haqqoniy samarasidir.
O‘zbekistonning “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan yetakchi 10 davlat qatoriga kiritilishi, Yoshlar taraqqiyot indeksida eng tez rivojlanayotgan davlat sifatida qayd etilishi — yoshlarimizga ishonch, imkoniyat va kelajak yaratishdagi ulkan yutuqdir.
Buxoro va Toshkent shaharlarining yoshlar poytaxti sifatida e’tirof etilishi, Global yoshlar festivalidagi yuqori darajadagi ishtirok — bugungi yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigidir.
Men, xalq vakil sifatida, ushbu jarayonlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman va yoshlarimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishni o‘zimning ustuvor vazifam deb bilaman.
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati G. Qorayeva